Yo‘nalish bo‘yicha navbatdagi manzil — “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi. Uning doirasida Beruniy, To‘rtko‘l, Ellikqalla tumanlaridagi 100 ming gektar sug‘oriladigan yerlarda suv resurslarini boshqarish yaxshilanadi. Loyihani amalga oshirish uchun Jahon bankining 214,8 million dollar miqdoridagi krediti ajratildi. Rejalashtirilgan 20 ta qurilish ishlari paketidan 9 tasi bajarildi, 11 tasi amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, To‘rtko‘l tumanidagi “Bo‘ston kanalini (Sharqiy qismi) qayta tiklash” loyihasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, SCADA tizimini joriy etishni jadallashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ishchi guruh a’zolari “Shayx Xalifa nomidagi “Onalar va bolalar” shifoxonasini tashkil etish” loyihasi qurilish maydonchasida ham bo‘ldi. Loyihani amalga oshirish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratilgan grant mablag‘larining umumiy miqdori 27 million dollarni tashkil etadi.
Vazirlik xabarida aytilishicha, o‘rganish davomida loyiha tashabbuskorlari va pudratchilar bilan suhbatlar o‘tkazildi, ular qurilish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar bilan o‘rtoqlashdilar. Joylardagi masʼul rahbarlarga yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish, loyihalarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish maqsadida idoralararo tizimli hamkorlikni yanada faollashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi O‘zA.
Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida ular to‘la amalga oshirildi.
Tashrif yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, sanoatni rivojlantirish borasida umumiy qiymati 160 milliard so‘mga yaqin 242 ta loyiha bajarildi. Bu qariyb 4 mingta ish o‘rni tashkil etish imkonini berdi.
Masalan, Qorao‘zak tumanidagi “Qoraqalpoq sement” korxonasida birinchi bosqichda yiliga 200 ming tonna sement, Nukus shahridagi “Texnik global” korxonasida Samsung brendi ostida yiliga 150 ming dona televizor, “Nukus polimer” korxonasida yiliga 8 ming tonna polietilen truba va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
To‘rtko‘l tumanidagi “Vegateks global” korxonasida yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda.
Qoraqalpoq eli uchun nihoyatda muhim va dolzarb masala bo‘lgan ichimlik suvi muammosi yillar davomida hal etilmay kelayotgan edi. Shuni inobatga olib, qisqa vaqt davomida 101 kilometrlik “Qo‘ng‘irot—Mo‘ynoq” suv quvuri va “Qo‘ng‘irot” suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Buning natijasida Mo‘ynoq tumanidagi 25 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Bundan tashqari, investitsiya dasturiga muvofiq budjet mablag‘lari va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mavjud suv tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va yangilandi. Shu tariqa 35 ta aholi punktida 50 mingdan ziyod odam ichimlik suvi bilan ta’minlangani bu boradagi ishlarning izchil davomi bo‘ldi.
Nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki butun O‘zbekistonning faxri bo‘lgan, dunyoda “Sahrodagi Luvr” deb shuhrat qozongan I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi.
Qoraqalpoq davlat o‘lkashunoslik muzeyi binosi, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Amir Temur nomidagi istirohat bog‘i, zamonaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan yirik sport majmuasi bunyod etildi. Imom Eshon Muhammad jome masjidi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Bunday o‘zgarishlar barcha tumanlarda, qishloq va ovullarda ro‘y berdi. Hudud iqtisodiyoti rivojlandi, aholi turmush darajasi oshdi. Eng muhimi, odamlar buni o‘z hayotlarida sezmoqda.
Shu bois Qoraqalpog‘iston aholisi O‘zbekiston Prezidentining bu galgi tashrifini ham ko‘tarinkilik bilan kutdi. Tashrif doirasida shu paytgacha bajarilgan ishlarni tahlil qilish, barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi ikki yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar va dolzarb vazifalarni belgilab olish rejalashtirilgan.
Bugun, 15-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amalga oshirilayotgan ijtimoiy iqtisodiy islohotlar, keng ko‘lamdagi qurilish bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zA yozishicha, davlat rahbari 2017-yil 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida ular to‘la amalga oshirildi.
26-30 avgust kunlari AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Osiyo bo‘yicha byuro yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kaur AQSH-O‘zbekiston
Oliy sudda sovet davridagi “Uchlik Kengashi”ning maxsus yig‘ilish qarorlariga ko‘ra ayblangan 240 nafar shaxsga doir beshta
Turkmanistonning yangi elchisi Shadurdi Meredov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Payshanba
AQSh meteorologlari 143 milliondan ortiq AQSh aholisi anomal issiqlik tufayli ehtiyotkor boʻlishlari kerakligi haqida ogohlantirdi, deya
O‘zbekiston Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini doim qo‘llab-quvvatlab kelgan va bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati
Falcon 9 raketasi seshanba kuni Starlink tizimining global Internet qamrov tarmogʻining orbital turkumini toʻldirish uchun 21
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Jorjiyadagi saylovlarga aralashgani sabab ochilgan jinoiy ishda 200 ming dollar garov
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev taklifiga binoan Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi davlat tashrifi bilan Boku shahriga keldi.
Qozog‘iston uchinchi davlatlar va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan temiryo‘l va avtomobil transportida bug‘doy olib kirishga olti
Adblock