Qizlarda qindan ajralma kelishi tez-tez kuzatilib turadi. Buni ko‘p holatlarda sog‘lik uchun xavfsiz bo‘lgan bakteriyalar keltirib chiqaradi va u tez o‘tib ketadi. Ammo quyuq va muntazam kelib turuvchi ajralmalarni ancha jiddiy sanalmish infeksiyalar chaqiradi va ular kechiktirib bo‘lmaydigan davoni talab qiladi.
Agar ajralma unchalik ahamiyat bo‘lmasa-da, biroq bir necha kundan so‘ng yo‘qolmasa, qizaloqni, albatta, shifokor ko‘rigiga olib borish zarur.
Qinning salgina ta’sirlanishi natijasida turli o’zgarishlar yuzaga kelishi mumkin. Agar ajralmaning yarmi yiringli, qolgan qismi esa qondan iborat bo‘lsa, qizaloq qinini nimagadir urib olgan va natijada jarohatlanish yuzaga kelgan bo‘ladi.
Odatda, barcha katta yoshli ayollarda mavjud bo’lgan oqindi, qizlarda yallig’lanish jarayoni yoki vulvovaginit borligini ko’rsatishi mumkin. Bu kasallik kattalarda kamdan-kam uchraydi, chunki vaginal mikroflora kokkal florasining rivojlanishi uchun juda kislotali, lekin bolalikda qizlar hali bu patogenga qarshi tabiiy himoyani ishlab chiqa olmaydi.
Qizlarda balog’at yoshidan oldin ko’p miqdorda ajralma ajralishining kuzatilishi quyidagi kasalliklarni ko’rsatishi mumkin:
Qiz bolada ajralma paydo bo’lishining sabablaridan qat’iy nazar, siz har doim shifokor bilan maslahatlashingiz kerak, chunki bolalikda ularning mavjudligi jiddiy patologiyalar yoki davolanishni talab qiladigan kasalliklarni ko’rsatishi mumkin.
Agar qiz bolada qindan suyuqlik ajralishi yuzaga kelsa, iloji boricha tezroq bolalar ginekologiga murojaat qilishingiz kerak. Faqatgina mutaxassis keng qamrovli tashxis qo’yish, o’zgarishlarning sababini aniqlash va samarali va xavfsiz davolanishni tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Asosiy diagnostika choralari:
Qizlarda patologik ajralma oqishi bilan kechadigan kasalliklarni davolash strategiyasini faqat malakali mutaxassis tekshiruv natijalariga asoslanib ishlab chiqishi mumkin.
Tashxis paytida vaginal sekretsiya o’zgarishining sababiga qarab, quyidagi terapevtik usullar qo’llaniladi:
Erta bolalikdan bolaga shaxsiy gigienaga rioya qilishni o’rgatish kerak.
Oddiy profilaktika choralari qizning sog’lig’ini saqlashga va kelajakda ko’plab muammolardan qochishga yordam beradi. Profilaktikaning asosiy elementlari bolalar ginekologiga muntazam tashriflar va bolaning shaxsiy gigienasi qoidalariga rioya qilishdir. Ikkinchisi kichkina qizning hayotining birinchi kunlaridan boshlab ota -onalarning diqqatini talab qiladi:
Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida «Fikr bildirish» qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.
Tashvishlar va yumushlarga o`ralashib qolgan holda ko`pincha salomatligimiz haqida unutib qo`yamiz. Biroq kasallikni davolagandan ko`ra uni oldini olish osonroq! Bu qoida ayollar bilan bog`liq xastaliklarda juda muhim. Har bir ayol bilishi kerak bo`lgan holatlar to`g`risida oliy toifali shifokor, ginekolog Zumrad SOBIROVA tanishtiradi.
Ajralmalarga befarq bo`lmang!
Umuman olganda, ajralmalarning kuzatilishi tabiiy hol sanaladi. Rangsiz, oz miqdordagi va hidsiz ajralmalar ayol salomatligida muammo yo`qligini bildiradi. Biroq buning aksi bo`lsa, sergaklikni ko`zdan qochirmang. Hayz sikli davomida ajralmalarga e`tibor bering, miqdori, rangi hamda hidining o`zgarishi kasallikdan ogoh etishi mumkin. Aniq tashxis qo`yish uchun esa, albatta, shifokor ko`rigidan o`tib, tahlil topshirish talab etiladi. Biroq ayrim xastaliklarni o`zingiz ham bemalol aniqlay olasiz. Masalan, tvorogsimon oq ajralma va yoqimsiz qichishish zamburug`li infeksiya mavjudligidan darak beradi. Suyuq rangsiz, lekin hidli ajralma esa vaginozga chalingan ayollarda uchraydi. Har yarim yilda qindan tahlil topshirishni profilaktik chora sifatida qabul qilish tavsiya etiladi.
Kasallik qaytalanmasin!
75 % ayollar bir marta bo`lsa-da, kandidoz (molochnisa) bilan og`riydi. Agar xastalik belgilarini o`zingiz aniqlay olsangiz, maxsus vaginal krem va shamchalardan foydalanib, davolanishingiz mumkin. Lekin davo choralari to`g`ri olib borilishi va kasallikni butunlay bartaraf etish uchun ginekolog ko`rigidan o`tish zarur. Kandidoz hamda vaginal gerpes bilan qayta og`rishni istamasangiz, immunitetingizni mustahkamlang!
Infeksiyaga qarshi kurashing!
Avvalo gormonlar miqdori hamda qin mikroflorasiga ta`sir ko`rsatuvchi har qaysi omil tanosil xastaliklarining avj olishiga sabab bo`lishi mumkin. Ular qo`yidagilar: qandli diabet, homiladorlik davri, antibiotik dorilar va oral kontraseptivlardir. Shuningdek, qinni suv bilan yuvish bilan mikrofloradagi foydali bakteriyalarni nobud qilib, turli infeksiyalar rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Maslahatimiz, shifokor ko`rsatmasi bo`lmagan hollarda bu ishni amalga oshirmang. Dush uchun gel, dengiz tuzlari va sifatsiz intim gigiena vositalaridan ikkilanmay voz keching! Dori qutingizda mudom kandidozga qarshi vosita bo`lishini tavsiya etamiz.
Sog`lom turmush tarziga rioya qiling!
Umr yo`ldoshingiz sadoqatiga ishonsangizda, jinsiy yo`l bilan yuquvchi kasalliklarga nisbatan ehtiyot choralarini ko`ring! Aksariyat jinsiy yo`l bilan yuquvchi xastaliklarga qarshi dori vositalari ishlab chiqarilmaganini ham unutmang! Axir aytishadiku, «o`zingga ehtiyot bo`l, qo`shningni o`g`ri tutma!» deb. O`zingizda noxush belgilarni sezgan zahotingiz shifokor ko`rigidan o`ting!
Muntazam shifokor ko`rigidan o`ting!
Ayollarga har olti oyda ginekolog ko`rigiga borish tavsiya etiladi. Shu bilan birga qin, peshob va anal yo`lidan tahlil topshirishni shart, deb sanash kerak. Aks holda, kasallik o`z vaqtida aniqlanmay, bepushtlik, bachadondan tashqaridagi homiladorlik, homilaning nobud bo`lishi va erta tug`ruqqa sabab bo`lishi mumkin. Noxush holatlarni bartaraf etish asa o`z qo`lingizda!
Dilnoza MIRTOLIPOVA tayyorladi.
Adblock